Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Parij-2024: Meksika hukumati Olimpiadaga ajratilgan mablag‘ni qisqartirdi

Parij-2024: Meksika hukumati Olimpiadaga ajratilgan mablag‘ni qisqartirdi

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Meksikaning yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish kutilayotgan 105 sportchisidan 10 foizi sovrinli o‘rinlarni egallash imkoniga ega. Shu bilan birga hukumat moliyaviy cheklov joriy etishi medallar qo‘lga kiritilishini qiyinlashtirishi mumkinligi ham aytilyapti.

Olimpiya byudjeti sezilarli darajada qisqartirilishiga qaramay, tejamkorlik chorasi sportchilar o‘rtasida bahs-munozara keltirib chiqargan bo‘lsa-da, meksikalik sportchilar yaxshi natijadan umid qilmoqda.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi mamlakat Jismoniy tarbiya va sport milliy komissiyasidan so‘ragan 100 million peso (taxminan 5,1 million yevro) mablag‘ning atigi 30 foizi ma’qullangan.

Meksika Olimpiya o‘yinlari tarixida jami 73 ta – 13 oltin, 24 kumush va 36 bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 21:24 09.07.2024. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!