Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Parij-2024”: Futbol bahslari boshlanishiga ikki kun qoldi

A A A
“Parij-2024”: Futbol bahslari boshlanishiga ikki kun qoldi

Xabaringiz bor, “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Biroq, mazkur yirik sport tadbiri bahslari 24 iyul kunidan start oladi.

Biz uchun ahamiyatlisi Olimpiadaning futbol musobaqasida 16 davlat termalari qatorida Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Shuni aytib o‘tish joizki, futbol bahslarida 16 ta jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda turnir g‘olibligi uchun kurash olib boradi. Guruh bosqichidan 1-2 o‘rinlarni egallagan terma jamoalar chorak final bosqichiga yo‘l oladi.

Olimpiya o‘yinlari futbol musobaqasida guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

«A» guruhi – Fransiya, AQSH, Gvineya, Yangi Zelandiya;

«B» guruhi – Argentina, Marokash, Iroq, Ukraina;

«C» guruhi – O‘zbekiston, Ispaniya, Misr, Dominikan Respublikasi;

«D» guruhi – Yaponiya, Paragvay, Mali, Isroil.

Guruh bahslari 24-30 iyul kunlari bo‘lib o‘tsa, chorak final bosqichi 2 avgust kuni tashkil etiladi. Yarim final uchrashuvlari 5 avgust kuni o‘tkaziladi. Bronza medal uchun o‘tadigan o‘yin 8 avgust, final bahsi esa 9 avgustda o‘tishi belgilangan.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining "Parij-2024" musobaqasidagi ilk o‘yini 24 iyul kuni Ispaniya termasiga qarshi o‘tadi. Ikkinchi tur esa 27 iyul kuni Misrga qarshi o‘tsa, 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi bilan uchinchi turda raqobatlashadi.

Olimpiyachilarimizning Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘yini Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. Uchrashuv Parij shahridagi “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tadi.

“Parij-2024”: Futbol bahslari boshlanishiga ikki kun qoldi

Eslatib o‘tamiz, 27 iyul kuni barcha guruhlarda birinchi tur bahslari yakunlanadi.

Kiritildi: 19:25 22.07.2024. O'qildi: 2868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!