28 avgust – 8 sentyabr kunlari Parij shahri XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida mazkur musobaqada qatnashadigan O‘zbekiston delegasiyasini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Hukumat rahbarlari, Prezident administrasiyasi rasmiylari, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati ishtirok etishdi. Tadbirni ochib bergan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Paralimpiyachilarimizga bo‘lajak musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib kelishlarini tiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegasiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tarixda birinchi marotaba 9 sport turida 65 nafar para atlet bilan 113 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lgan.