Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Papua-Yangi Gvineyada 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Papua-Yangi Gvineyada 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

5,3 magnitudali zilzila Papua-Yangi Gvineyaga tegishli Yangi Britaniya orolida qayd etilgan.

Bu haqda Avstraliya davlat geologiya byurosi xabar berdi.

Zilzila episentri G‘arbiy Yangi Britaniya provinsiyasining ma’muriy markazi Kimbe shahridan 95 km sharqda joylashgan bo‘lib, u yerda 30 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. O‘choq 88 km chuqurlikda joylashgan.

Jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot berilmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.

Kiritildi: 09:54 01.05.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!