Vatikan matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, pontifik bilan xayrlashish marosimi 23 apreldan boshlab Avliyo Pyotr soborida bo‘lib o‘tadi. Pontifikning dafn marosimi 26 aprel kuni o‘tkaziladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Zelenskiy dafn marosimida ishtirok etishlarini bildirishgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Vladimir Putin Rim papasini dafn etish marosimiga bormasligini ma’lum qildi.