Papa Leo XIV AQSh bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashdan Vatikan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
Bu haqda Vatikan matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bugun Marko Rubio Papa Leo XIV bilan uchrashdi. Tomonlar global siyosiy vaziyat va Yaqin Sharqdagi keskinlashuvni muhokama qilgan.
Ma’lum qilinishicha, Marko Rubio AQShning tinchlikni ta’minlash bo‘yicha ishlash niyatini bildirgan.
Uchrashuv Donald Trampning papaga nisbatan keskin bayonotlaridan keyin bo‘lib o‘tdi va Vashingtonning Vatikan bilan munosabatlarni tiklashga urinishi sifatida baholanmoqda.