Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Pandemiya davrida bu pensionerlar uchun xavfli". Yunusoboddagi holatga izoh berildi

"Pandemiya davrida bu pensionerlar uchun xavfli". Yunusoboddagi holatga izoh berildi

Facebook’da Tamara Boyazitova ismli foydalanuvchi tomonidan “Yunusobod tumani S5 dahasida pensiya pullari har oy bir xil tartibda, bir xil joyda odamlarni to‘plab tarqatiladi, pandemiya davrida bu pensionerlar uchun xavfli”, degan mazmundagi post qoldirilgan.

Xalq banki ushbu holat bo‘yicha o‘rganish olib bordi va quyidagilarni ma’lum qiladi. Bugungi pandemiya davrida pensiya va nafaqa pullari karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda pensioner va nafaqaxo‘rlarning uylariga naqd shaklda yetkazib berilmoqda. Belgilangan grafik asosida har oyning 27-sanasiga qadar pensionerning pensiya pullari ularning uylariga olib borib beriladi.

Respublikamizda karantin talablari yumshatilgach fuqarolarimiz, aniqrog‘i pensionerlarimiz mahalla guzarlari, choyxonalarga chiqishni boshladi. Pensiya pullarini tarqatish uchun mahallaga borgan sayyor kassa xodimlarini ko‘rggan pensionerlar tarqatish grafiklariga qaramay pensiya pullarini olish maqsadida bank xodimlari atrofiga to‘planishmoqda. Sayyor kassa xodimlari tomonidan har safar pensiya pullari ularning uylariga yetkazilishi, bir joyga to‘planmasligi kerakligi tushuntirib kelinmoqda. 

Kiritildi: 09:00 06.09.2020. O'qildi: 2179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!