Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Panamadagi 7,7 magnitudali zilziladan so‘ng 746 ta aftershok qayd etildi

Panamadagi 7,7 magnitudali zilziladan so‘ng 746 ta aftershok qayd etildi

Panamada 9 oktyabr kuni sodir bo‘lgan 7,7 magnitudali zilziladan keyin 746 ta takroriy yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Panama universiteti Yer fanlari instituti direktori Nestor Luke mamlakatning La Prensa gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Luke so‘nggi bir hafta davomida mamlakatda kuzatilgan seysmik faollikka alohida e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchli zilziladan keyin bir necha yuzta takroriy yer silkinishi sodir bo‘lgan.

«Bunday magnitudali zilziladan keyin aftershoklar bir oydan ikki oygacha davom etishi mumkin», — dedi mutaxassis.

Uning tushuntirishicha, zilzila natijasida ajralib chiqqan energiya tektonik bloklar o‘rtasidagi kuchlanishlarning qayta taqsimlanishiga va muvozanatning tiklanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishda davom etadi.

9 oktyabr kuni Panamaning janubiy chekkasi yaqinidagi Pitalosa-Arriba hududida sodir bo‘lgan 7,7 magnitudali zilzila oqibatida 30 kishi jarohatlangan, yuzlab aholi esa boshpanasiz qolgan.


Kiritildi: 21:40 17.10.2026. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!