Panama kanali Panama nazorati ostida qolishini mamlakat prezidenti Xose Raul Mulino ta’kidladi.
"Panama xalqi nomidan men AQSh prezidenti Donald Trampning tantanali nutqidagi Panama kanali haqidagi fikrlarini to‘liq va qat’iy rad etishim lozim. Yana bir bor takrorlayman: kanal Panama va uning boshqaruvi nazorati ostida bo‘lib qoladi," - deya dushanba kuni Panama prezidenti devonxonasi tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilgan.
"Dunyodagi biror mamlakatning rahbariyati bizning boshqaruvimiz ishiga aralashmaydi. Kanal hech kimning ijarasida bo‘lmagan. Kurash 1999 yilda yakunlandi va keyingi 25 yil davomida biz kanalga uzluksiz rahbarlik qilib, uni savdo va butun dunyo, shu jumladan AQSh manfaati yo‘lida rivojlantirib keldik," - dedi Mulino.
U muloqot uchun har doim imkoniyat borligini, biroq Panama kanalining suverenitetiva mulkchilik huquqi Panamada qolishini ta’kidladi.
Dushanba kuni o‘tkazilgan inaugurasiya marosimidagi nutqida Tramp Panama hukumati Panama kanalini boshqarish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotganini va AQSh ushbu kanal ustidan nazoratni qayta o‘rnatishini ma’lum qilgan edi.