Eronning oxirgi shohining to‘ng‘ich o‘g‘li Rizo Pahlaviy Islom Respublikasi qulashi mumkin bo‘lganidan keyin o‘rnatiladigan dunyoviy davlatning asosiy siyosat yo‘nalishini ochib berdi.
Bu haqda Pahlaviyning Eron xalqiga murojaati ijtimoiy tarmoqda e’lon qilindi.
Uning ta’kidlashicha, birinchi navbatda, Eronning harbiy yadro dasturi to‘xtatiladi va terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi va radikal islomizmga qarshi kurash mintaqaviy va global hamkorlar bilan birgalikda olib boriladi.
"Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlar normallashadi, Amerika va uning xalqi bilan do‘stligimiz tiklanadi. Isroil davlati darhol tan olinadi. Biz Avraam kelishuvlarini kengaytirishga, ularni Kirov kelishuvlariga aylantirishga intilamiz, bu esa ozod Eron, Isroil va arab dunyosini birlashtiradi", deb ta’kidladi u.
Pahlaviy demokratik Eron o‘z iqtisodiyotini savdo, investisiya va innovasiyalar uchun ochishini va global iqtisodiyotga investisiya kiritishga intilishini qo‘shimcha qildi.
"Islom Respublikasining qulashi va Eronda dunyoviy, demokratik hukumatning o‘rnatilishi nafaqat xalqimning qadr-qimmatini tiklaydi, balki mintaqa va butun dunyoga ham foyda keltiradi", deb xulosa qildi Pahlaviy.