Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

“Ozodlik radiosi” USAGM'ni sudga berdi

“Ozodlik radiosi” USAGM'ni sudga berdi

AQShning Global Media Agentligi (USAGM) va uning ikki mansabdori — Keri Leyk va Viktor Moralesga qarshi da’vo “Ozodlik radiosi” (RSE/RS) uchun federal grantni to‘xtatishga urinishlari sababli sudga berilgan.

Kolumbiya okrug sudiga berilgan da’vo arizasida “Ozodlik radiosi”ni Kongress tomonidan ajratilgan mablag‘lardan mahrum qilish federal qonunlarni, jumladan, AQSh Konstitusiyasini buzishi ta’kidlangan. Konstitusiya federal xarajatlar bo‘yicha vakolatni faqat Kongressga berishini belgilaydi.

"Qonun biz tomonda ekaniga ishonamiz va butun dunyodagi mustabid tuzumlarning bizning tugashimizni nishonlashlariga erta", — dedi “Ozodlik radiosi” bosh direktori Stiven Kapus.

Avvalroq, Merilend shtati okrug sudyasi Teodor Chuan AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) tomonidan, Ilon Mask tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan USAID'ni tugatish jarayonini to‘xtatish haqida qaror chiqargan edi.

Moliyalashtirishning qisqarishi natijasida agentlik xodimlari majburiy ta’tilga chiqarilgan yoki ishdan bo‘shatilgan.

Chuanning ta’kidlashicha, USAID'ni tugatish va DOGE’ning harakatlari katta ehtimol bilan AQSh Konstitusiyasining bir necha bandlarini buzadi.

Kiritildi: 13:40 19.03.2025. O'qildi: 1099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!