Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

«Ozodlik»ning vahimasi: Namanganda soqolga qarshi kurash boshlangani rostmi?

«Ozodlik»ning vahimasi: Namanganda soqolga qarshi kurash boshlangani rostmi?

Namangan shahridagi "Chorsu" dehqon bozorida ishlaydigan ikki ishbilarmon «Ozodlik» bilan suhbatda ichki ishlar organlari va soliq inspeksiyasi vakillari erkaklar va yigitlardan soqol olishlarini talab qilishganini aytgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, 22 sentyabr kuni bozorda fuqarolik kiyimidagi odamlar paydo bo‘lishgan, ular o‘zlarini milisiya xodimlari deb tanishtirishgan va bozorda soqolli erkaklar va yigitlarni to‘xtatishgan. Namangan viloyati va shahar polisiyasi soqolni majburiy qirqish bilan bog‘liq vaziyatga hozircha izoh bermayapti. Bu haqda "ca-news.org" xabar tarqatdi.

«Ozodlik»ning iddaosiga ko‘ra, namanganlik tadbirkor fuqarolik kiyimidagi noma’lum odamlar uni bozorda bir necha bor to‘xtatib qolishganini aytgan.

– Birinchi marta ular o‘zlarini uchastka inspektori sifatida tanishtirishdi. Ishonchim komilki, ular mahalliy emas, butunlay begona. Ular menga: “Nega soqol o‘stiryapsiz?», deyishdi. Va men ularga javob berdim: "Islomda soqolsiz yurish harom (taqiqlangan – nashriyot) hisoblanadi". Men ularga din erkinligiga bo‘lgan huquqimni cheklayotganlarini tushuntirishga harakat qildim. Biroq ular meni tinglashmadi. Ular meni milisiya bo‘limiga zo‘rlik bilan olib borishga harakat qilishdi, ammo o‘sha paytda odamlar atrofimizga to‘planishdi. Ular meni olib keta olishmadi, soqolimni ham olmaganman», – degan manba.

Ushbu bozorda ishlayotgan yana bir yosh tadbirkor uch marta soqol olish kerakligi to‘g‘risida ogohlantirilganligini aytgan.

Yigitning aytishicha, u, asosan, bozor ma’muriyati tomonidan ogohlantirilgan.

«Ular birinchi marta yakshanba kuni kelishdi. Bozor xodimlari menga: "Soqolingni qirqing, bizga yuqoridan buyruq keldi», deyishdi. Keyin ular 24 sentyabrda kelishdi va o‘zlarini SESdan deb tanishtirishdi (kuladi). Avval bizdan tozalikni talab qilishdi, keyin ular: "Soqolingni qirqing, buyruq bor yuqoridan», deyishdi. Bularning barchasi meni juda hayratda qoldirdi”, – dedi“ Chorsu” bozoridagi tadbirkor.

Oldinroq, 23-24 avgust kunlari Toshkentdagi «Malika» bozorida ham shunday holat yur bergandi. Bir necha kundan keyin, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati soqollar aqlli kameralar ishiga xalaqit berayotganini ma’lum qilgandi. Agentlikning bayonotida ta’kidlanishicha, hech kim odamlarni soqolini olishga majburlamaydi, ulardan faqat "o‘zlarini biometrik pasportdagi fotosuratga mos keltirishlari" so‘raladi. Agentlikka ko‘ra, "soqol olish voqeasi hech qanday diniy asosga ega emas."

Namangandalik suhbatdoshlarning aytishicha, "ichki ishlar organlari" xodimlari o‘zlarining soqollarini olishlari talablarini xuddi shu sababga ko‘ra tushuntirishgan. Ya’ni ular pasport fotosuratida soqolsiz tasvirlangan bo‘lsa, soqollarini olishlarini so‘rashgan.

 

P/S. Bu "Ozodlik" radiosi tarqatayotgan xabar. Biz bu holatga indamay ko‘z yumib o‘tgandan ko‘ra vaziyatga oydinlik kiritilishi tarafdorimiz. Agar vaziyat boshqacha bo‘lsa, bu haqda rasmiy ma’lumot berilib, "Ozodlik"ka javob berilishini xohlaymiz. Tegishli tashkilotlardan javob kutamiz.

Kiritildi: 11:03 27.09.2019. O'qildi: 4074 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!