Shanba kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida Isroil qamoqxonalaridan ozod etilishi rejalashtirilgan kamida sakkiz nafar falastinlik mahbus Misrga deportasiya qilinadi.
Bu haqda "Al-Qohira al-Ixbariya" telekanali ma’lum qildi.
Kanal deport qilinayotganlarning shaxsi haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Ularning uchinchi davlatlarga olib ketilishi yoki Misrda qolishi haqida ham hozircha ma’lumot yo‘q.