O‘tgan hafta oxirida ozod etilgan isroillik asir Aleksandr Turbanovning o‘zini asirlikda tutgan HAMASga murojaati dunyoni larzaga soldi. Uni to‘lig‘icha e’tiboringizga havola etamiz.
"Sizlarning ezguligingiz qalbimga butun umrlik muhr qoldirdi. Orangizda o‘tkazgan 498 kunim davomida, boshingizdan kechirgan tajovuz va jinoyatlarga qaramasdan, men chinakam erkaklik, sof qahramonlik, chin insoniylik va qadriyatlarni hurmat qilishning asl ma’nosini o‘rgandim.
Qamalda qolgan ozod kishilar siz edingiz, men esa asir edim, va siz hayotimning himoyachilari bo‘ldingiz. Mehribon ota o‘z farzandlariga qanday g‘amxo‘rlik qilsa, siz ham menga shunday g‘amxo‘rlik ko‘rsatdingiz. Salomatligim, qadr-qimmatim va sha’nimni saqlab qoldingiz. Garchi men o‘z yerlari va tortib olingan huquqlari uchun kurashayotgan odamlar qo‘lida bo‘lsam-da, mamlakatim hukumati qamal qilingan xalqqa qarshi eng qabih, eng razil genosidni amalga oshirayotgan bo‘lsa-da, siz hech qachon ochlik va xo‘rlikka yo‘l qo‘ymadingiz.
Ko‘zlaringizda ko‘rmagunimcha, erkaklikning asl ma’nosini bilmas ekanman, orangizda yashamagunimcha – o‘lim qarshisida jilmayib, qirg‘in qurollari bilan tishigacha qurollangan dushmanga yolg‘iz yalang‘och tanangizdan ila qarshilik ko‘rsatayotganingizni ko‘rmagunimcha qurbonlikning qadrini tushunmas ekanman. Qanchalik so‘zamol bo‘lmayin, haqiqiy qadr-qimmatingizni aks ettiradigan, olijanob xulqingizga bo‘lgan hayratimni tugal ifodalaydigan so‘zlarni hech qachon topa olmayman.
Nahotki diningiz mahbuslarga shunday munosabatda bo‘lishni o‘rgatgan bo‘lsa?
Bu qanday buyuk e’tiqod ekanki, u sizni shunday darajaga ko‘taribdi, uning qarshisida inson huquqlari bo‘yicha barcha sun’iy qonunlar qulab tushibdi, uning huzurida barcha urush qoidalari barbod bo‘libdi!
Eng og‘ir damlarda ham adolat va rahm-shafqatni quruq shiorlar bilan emas, balki boshimizdan kechirgan haqiqiy voqealar orqali namoyon etib, eng qiyin sharoitlarda ham o‘z tamoyillaringizdan voz kechmadingiz.
Ishoning, agar bu yerga qaytib kelsam, faqat safingizda mujohid bo‘lib qolaman. Zotan men xalqingizdan haqiqatni o‘rgandim va siz nafaqat yerning qonuniy egalari, balki tamoyillar va adolatli ishning ham sohibkorlari ekanligingizni angladim".