Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kuchli shamolda hayotingizni saqlab qoling — bu xavfsizlik qoidalarini o‘qing!

Kuchli shamolda hayotingizni saqlab qoling — bu xavfsizlik qoidalarini o‘qing!

Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari.

🔹yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
🔹elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
🔹ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
🔹ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
🔹shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
🔹ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
🔹buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
🔹kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik tavsiya etdi.

Kiritildi: 19:29 17.05.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!