Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bunday fikrni IV Shusha global media forumida bildirdi.
"XIX asrda Ozarboyjon mustamlakaga aylantirilgan va biz mustamlakachi tarkibida yashaganmiz. Keyinchalik, Sovet Ittifoqi tashkil etilganda, biz mustaqil mamlakat emas edik, biz Sovet Ittifoqi tarkibiga kirganmiz. Respublika edikmi? Ha, lekin hech qanday huquqlarsiz. Shuning uchun ham bizning tarixiy xotiramizda mustamlaka bo‘lish nima ekanligi va erkin bo‘lish nima ekanligi haqidagi tushuncha saqlanib qolgan.
Agar, masalan, XIX-XX asrlardagi mustamlakachilik davridagi Ozarboyjonga va bugungi mustaqil Ozarboyjonga qarasangiz, bu xuddi kun va tundek farq qiladi. Bizdan faqat resurslarni olib ketishgan. Milliardlab tonna neft qazib olingan, barrel emas, aynan tonna.
Sovet Ittifoqi parchalanganida esa, biz tabiiy gaz va elektr energiyasisiz qoldik. Bizning boyligimizni so‘rib olganlar tomonidan tabiatimizga yetkazilgan zararni bartaraf etish uchun milliardlab mablag‘ sarflab, biz haligacha Boku atrofidagi ifloslangan hududlarni tozalab kelyapmiz.
30 yildan ortiq vaqt davomida Ozarboyjon, o‘rta qudratli davlatga aylandi. Mustaqillikning ustunligi ham shundadir.
Sovet Ittifoqi parchalanganida, esimda, Rossiyadagi ko‘plab tahlilchilar shunday deyishgan edi: “Endi bu respublikalar halok bo‘ladi. Ular markazsiz yashay olmaydi”. Xo‘sh, nima bo‘ldi? Ularning barchasi normal hayot kechirmoqda", — dedi Ilhom Aliyev.