Ushbu OAVning ikki asoschisi 15 yildan qamoq jazosi oldi. Ular moliyaviy jinoyatlarda ayblandi, ammo Ozarboyjonda bunday muddatlar odatda davlatga xoinlikda aybdor deb topilganlarga beriladi.
Toplum TV Ozarboyjon vazirliklari, mansabdor shaxslar va ularning oilaviy klanlaridagi korrupsiya bo‘yicha surishtiruvlari bilan tanilgan
Ikki yil avval qabul qilingan OAV faoliyati to‘g‘risidagi qonun Ozarboyjonda matbuotning xorijdan moliyalashtirilishini to‘liq taqiqlagan bo‘lib, bu nashr xodimlariga pul kontrabandasi bo‘yicha ayblov e’lon qilish imkonini berdi. Keyinchalik bunga noqonuniy tadbirkorlik, mablag‘larni o‘zlashtirish, soliq to‘lashdan bosh tortish va hujjatlarni soxtalashtirish ayblovlari ham qo‘shildi.