Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ozarboyjon va Rossiya Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

Ozarboyjon va Rossiya Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

Bu haqda Ozarboyjon TIV xabar bermoqda.

"Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Ushbu suhbatda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kun tartibidagi bir qator masalalar, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlikning turli jihatlari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik masalalari muhokama qilindi", deyiladi Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Rossiya TIV esa suhbat haqida hech qanday ma’lumot bergani yo‘q.

Qayd etish joizki, bu Yekaterinburgda ozarboyjonliklarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq mojarodan keyin Ozarboyjon va Rossiya o‘rtasida ilk marta yuqori darajadagi muloqot hisoblanadi.

Kiritildi: 23:05 23.08.2025. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!