Bugun Ozarbayjonning qardoshi, eng yaqin do‘sti va ittifoqchisi bo‘lgan suveren, mustaqil O‘zbekistonning Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni. Ildizlari bir, an’analari o‘xshash xalqlarimiz azaldan do‘st bo‘lib kelgan. Biz ozarlar o‘zbeklar uchun juda qadrdonmiz. Bu yaqinlikning ildizi esa juda chuqurdir. Ikki davlat va xalqlarimiz o‘rtasidagi bu do‘stlik, qardoshlik bugungi kunda ham davom etmoqda.
Bugun O‘zbekistonda davlat suvereniteti timsoli bo‘lgan gerb va madhiya bilan bir qatorda davlat atributi bo‘lgan Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun ham nishonlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilingan. O‘zbekiston Konstitusiyasining alohida moddasida mamlakatda davlat ramzi sifatida bayroq borligi tasdiqlandi.
Davlat bayrogi ramzlari boshqa davlatlar bayroqlarining urf-odatlarini davom ettirib, ayni paytda milliy va xalq madaniyatini, mamlakatning tabiiy oziga xos xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.
Bayroqdagi och moviy rang moviy osmon va musaffo suv timsoli, oq rang tinchlik, yashil rang esa tabiat timsolidir. Yarim oy va yulduzlarda o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analari aks etgan.
O‘zbekiston Davlat bayrog‘i rasmiy delegasiyalarning xorijiy davlatlarga tashrifi, xalqaro tashkilotlar binolari va nufuzli forumlar oldida, jahon ko‘rgazmalari va sport musobaqalarida respublikamizni jahon arenasida ifodalaydi.
O‘zbekiston 1992 yil 2 martda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo etib saylanganidan beri uning bayrog‘i BMT binosi oldida hilpirab turibdi.
O‘zbekistonning Davlat bayrog‘i, shuningdek, mamlakat fuqarolari va respublikada yashovchi boshqa shaxslar tomonidan bayroqqa hurmat ko‘rsatish qonun bilan himoya qilinadi.
Bugun turkiy davlat sifatida mustaqil O‘zbekistonning jadal rivojlanib, dunyoga integrasiyalashuvi har birimizda faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otmoqda.
Bayramingiz muborak, aziz do‘stlar. Or-nomus timsoli bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i doimo balandda hilpirab tursin! Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi yashasin!
Namig Delidagli,
jurnalist/ Ozarbayjon