Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasi o‘z faoliyatini tiklaydi

Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasi o‘z faoliyatini tiklaydi

Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi yaqin 15-20 kun ichida ish boshlaydi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligining Yevroosiyo bosh boshqarmasi boshlig‘i Mujtabo Demirchilu ma’lum qildi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Eronning Ozarbayjondagi elchisini tayinlash masalasi yangi prezident saylanishi munosabati bilan Eron hukumati tuzilganidan keyin hal bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 27 yanvarda Boku vaqti bilan taxminan 8:30da Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgan edi. Hujum qilgan shaxs 50 yoshli Eron fuqarosi Yasin Husaynzoda bo‘lib, u Kalashnikov avtomati bilan qurollangan.

Hujum natijasida u diplomatik missiya xavfsizlik xizmati rahbarini o‘ldirgan. Hujumni qaytarish chog‘ida elchixonaning yana ikki xodimi yaralandi.

Hibsga olingan shaxs so‘roq paytida shaxsiy va oilaviy muammolar tufayli Ozarbayjon diplomatik missiyasiga hujum qilganini aytdi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev voqeani terakt deb atadi. Hodisadan so‘ng mamlakat rasmiylari Tehrondagi barcha elchixona xodimlari va ularning oila a’zolarini evakuasiya qilishga qaror qilgan.

Hozirda Tabrizda faqat Ozarbayjonning Bosh konsulligi faoliyat yuritmoqda.

2023 yil 2 oktyabrda Eron Oliy sudi Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasida terakt sodir etgan Eron fuqarosi Yasin Husaynzodani o‘lim jazosiga hukm qildi.

Kiritildi: 14:40 10.07.2024. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!