Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ozarbayjonda O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik an’analariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

A A A
Ozarbayjonda O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik an’analariga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Ozarbayjon poytaxtidagi Haydar Aliyev markazida “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik an’analari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

Qayd etilishicha, unda 140 dan ortiq bezakli amaliy san’at namunalari taqdim etilgan.

So‘zanalar kashtachi ustalar tomonidan oylar davomida tikiladi. Ulardagi har bir gul va naqshlar chuqur ma’noga ega. An’anaviy zar choponlarimiz, rang-barang so‘zanalar va qimmatbaho toshlar bilan bezalgan kumush taqinchoqlar ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarda unutilmas taassurot qoldiradi, degan umiddaman, — deb yozadi Mirziyoyeva.

O‘z navbatida prezident yordamchisi muzey mutaxassislari va ushbu ko‘rgazmani tashkil etishda qatnashgan barchaga chin yurakdan minnatdorlik izhor etgan.

Kiritildi: 11:54 18.03.2024. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!