Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ozarbayjonda tilanchilik va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jarimalar joriy etildi

Ozarbayjonda tilanchilik va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jarimalar joriy etildi

Ilhom Aliyev Ozarbayjon Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlarni tasdiqladi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, bolalarga nisbatan jismoniy yoki psixologik zo‘ravonlik qo‘llagan shaxslar 200 manat miqdorida jarimaga tortiladi. Shuningdek, bolaga nisbatan zo‘ravonlik alomatlari haqida tegishli organlarga xabar bermaganlar ham jarimaga tortiladi.

Qonunga muvofiq:

  • jismoniy shaxslar 200–300 manat,
  • mansabdor shaxslar 400–600 manat jarima to‘laydi.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olmagan holatlarda esa jarimalar yanada oshiriladi:

  • jismoniy shaxslar uchun 300–400 manat,
  • mansabdorlar uchun 500–600 manat.

Yangi moddalarga ko‘ra, tilanchilik uchun alohida javobgarlik joriy etildi. Bunda:

  • 100–200 manat jarima yoki ogohlantirish,
  • zarurat bo‘lsa, 10 sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanadi.

Voyaga yetmaganlarni tilanchilikka jalb qilish uchun 200–500 manat jarima yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi belgilangan.

Shuningdek, sun’iy intellekt orqali yaratilgan materiallarni tegishli belgisiz tarqatganlik uchun ham 80–150 manat miqdorida jarima joriy etildi.

Qonun loyihasi parlament tomonidan qabul qilinib, yakuniy o‘qishda tasdiqlandi.

Kiritildi: Bugun 21:04. O'qildi: 144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!