Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Ozarbayjonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlandi

Ozarbayjonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlandi

Ozarbayjonda joriy yil iyul oyida to‘ylar soni keskin kamayib ketdi. 2025 yil iyun oyida 5 000 dan ortiq nikoh qayd etilgan bo‘lsa, iyulda bu ko‘rsatkich 2 694 taga tushdi. Mutaxassislar buni qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarni taqiqlash bilan izohlamoqda

Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning taqiqlanishi haqidagi qonun 2025 yil 1 iyuldan kuchga kirgan. Yangi tartibga ko‘ra, umumiy bobo yoki buviga ega bo‘lgan aka-uka va opa-singil farzandlari, shuningdek, biologik jihatdan qarindosh bo‘lgan amakivachchalar yoki xolavachchalar o‘rtasida nikoh man etildi. Bu qaror genetik nuqsonlar bilan tug‘iladigan bolalar sonini kamaytirish va sog‘lom avlodni ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Ozarbayjon Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyul oylarida 12 146 ta ajrim qayd etilgan. Biroq ajrimlar soni o‘tgan yilga nisbatan biroz pasayib, har 1 000 kishiga nisbatan ko‘rsatkich 2,1 dan 2,0 ga tushgan.

Endilikda nikohga ariza topshirayotganlar qarindoshlik darajasini aniqlash uchun tug‘ilganlik guvohnomalari va ota-onalari haqidagi hujjatlarni taqdim etishga majbur. Qoidabuzarlik holatlarida esa ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilangan.

Kiritildi: 23:08 15.09.2025. O'qildi: 1172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!