Prezident Ilhom Aliyev rezerv jamg‘armasidan uskunalar xaridi va yetkazib berilishi uchun mablag‘ ajratdi. Xarid va logistika ishlari Energetika vazirligi tomonidan, moliya esa Moliya vazirligi orqali qoplanadi. Bu yordam 2022 yildan beri Ukrainaga berilgan 40 million dollarlik gumanitar ko‘makning davomidir.
Qaror Rossiya dronlarining Ukrainadagi Ozarbayjonga tegishli energetik ob’ektlarga zarbasi ortidan qabul qilindi. 7–8 avgust kunlari SOCARning Odessadagi neft bazasiga hujum qilindi, yong‘in chiqdi va xodimlar jarohat oldi. Zelenskiy va Aliyev buni telefon suhbatida qoraladilar.
Boku Moskvaga ogohlantirish berdi: agar bunday hujumlar davom etsa, Ukrainaga qurol yetkazish masalasi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu Ozarbayjonning neytral pozisiyasidan chekingani bo‘ladi.
Hujumlar Ukraina va Ozarbayjon o‘rtasida yaqinda boshlangan gaz savdosini to‘xtatishga qaratilgan bosim sifatida baholanmoqda.