Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Oylik kechiktirilgani uchun kompensasiya to‘lanishi qonunan mustahkamlanyapti

Oylik kechiktirilgani uchun kompensasiya to‘lanishi qonunan mustahkamlanyapti

Yalpi majlisda ko‘rib chiqilgan yangi loyihaga ko‘ra, ish beruvchi maoshni vaqtida bermasa, har bir kechikkan kun uchun qo‘shimcha pul to‘lashga majbur bo‘ladi.

Loyiha faqat raqamlashtirish bilan cheklanib qolmagan, ish joyidagi har qanday tazyiq va zo‘ravonlikni taqiqlash, jabrlanganlarni himoya qilish bo‘yicha aniq normalar kiritilyapti.

Loyiha mehnat bozorini mutlaqo yangi, shaffof bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Xususan, ishga qabul qilish jarayonida qog‘ozbozlikni yo‘qotish maqsadida talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati keskin qisqartiriladi.

Ishga kirayotgan fuqarodan asosan faqat shaxsiy identifikasiya raqami so‘raladi.

Tizimning raqamlashuvi natijasida elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish bekor qilinadi, elektron imzo yoki Face-ID esa yuridik jihatdan oddiy imzo bilan bir xil maqomga ega bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 16:20. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!