Eron Islom inqilobi rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaӣ Eron sud hokimiyati rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida Isroil rejimi va uning sherigi — AQShga qarshi sud da’vosini qo‘zg‘atish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv chog‘ida Eron Oliy sudi raisi G‘ulomhusayn Muhsini Ejeӣ boshchiligidagi delegasiya Imom Xomeyniy husayniyasida qabul qilindi. Oyatulloh Xomanaӣ o‘z nutqida Isroil va AQSh tomonidan Eronga qarshi olib borilgan 12 kunlik tajovuzni qoralab, ularni javobgarlikka tortish lozimligini bildirdi.
«Zulmkor sionist rejim va AQSh tomonidan sodir etilgan tajovuzda turli siyosiy qarashlarga ega bo‘lgan barcha eronliklar millat manfaatini himoya qilishda birlashdi», — dedi u.
Xomanaӣ ta’kidlashicha, Isroil tajovuzni boshlaganidan so‘ng Eronga qarshi yolg‘iz harakat qila olmasligini anglab yetib, zudlik bilan AQShdan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi.
«Muhimi — milliy iroda va birdamlikni saqlash. Bizda zarur bo‘lgan hamma narsa bor: aql, kuch va dalil. Xudo xohlasa, ham diplomatik, ham harbiy maydonda qo‘limizda kuchli imkoniyatlar bilan qatnashamiz», — dedi u.
Shuningdek, u sud tizimi xodimlarini xalq manfaati yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga chaqirar ekan, adolatli va qat’iy yondashuv zarurligini ta’kidladi.