Bugun 5 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Oyatullo Xomanaiy namoyishchilarga qarshi qattiq choralar ko‘rishni buyurdi

Oyatullo Xomanaiy namoyishchilarga qarshi qattiq choralar ko‘rishni buyurdi

Eron oliy yetakchisi bunday fikrni 3 yanvar general Qosim Sulaymoniy halok bo‘lganining olti yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda bildirdi.

Oyatullo Xomanaiy o‘z nutqida so‘nggi kunlarda mamlakatda yuz berayotgan voqealarni “ichki va tashqi dushmanlarning fitnasi” deb atagan va “tartibsizliklarni qo‘zg‘atuvchilar”ning harakatlariga qattiq qarshilik ko‘rsatishni talab qilgan.

"Biz dushman oldida chekinmaymiz. Biz dushmanni tiz cho‘ktiramiz. Milliy valyutaning qadrsizlanishi va beqaror valyuta kursi tufayli bozor savdogarlarining norozilik namoyishlari oqlanadi, ammo tartibsizliklarni qo‘zg‘atuvchilarni o‘z o‘rniga qo‘yish kerak", — degan Xomanaiy.

Ommaviy namoyishlar 28 dekabr kuni Tehronda boshlandi. Odamlar mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyat va milliy valyuta rialning keskin qadrsizlanishiga qarshi norozilik aksiyalarini uyushtirishdi. Tadbirkorlar ham bu aksiyaga qo‘shilib, norozilik sifatida o‘z do‘konlarini yopib tashlashdi.

Namoyishchilar milliy valyuta kursidagi tebranishlarni jilovlash uchun hukumatning “zudlik bilan aralashuvi” haqidagi iqtisodiy talablar bilan birga, siyosiy talablarni ham ilgari surmoqda. Shuningdek, ular Oyatulloh Xomanaiyning suratlarini yoqishmoqda. Aksiya ishtirokchilari “Diktatorga o‘lim!” va “Ozodlik” deb hayqirmoqda.

Mitinglar huquq-tartibot organlari bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llamoqda. Bundan tashqari, namoyishchilarga qarshi o‘qotar qurollar qo‘llanilayotgani xabar qilinmoqda.

Kiritildi: 21:15 03.01.2026. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!