Tramp Venesuelani boshqarishda Rubioga yordam berish uchun maxsus vakil tayinlashi mumkin, deb xabar bermoqda The Washington Post.
Rubio o‘tish davrida Venesuelada ma’muriy jarayonni boshqarishi mumkin bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rilmoqda.
"Nikolas Maduroni qo‘lga olish operasiyasi AQSh ma’muriyatida Marko Rubioga “byurokratik g‘alaba” olib keldi, chunki AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens har doim Vashingtonga yoqmaydigan siyosiy rejimlarni almashtirish siyosatiga qarshi bo‘lgan", deya yozadi nashr.
Avvalroq, Bloomberg nashri ham AQSh davlat kotibi Marko Rubio Nikolas Maduroning qo‘lga olinishidan so‘ng Venesuela boshqaruvida yetakchi rolni egallashi mumkinligi haqida yozgandi.