O‘tgan mavsumni "Paxtakor"da o‘tkazgan Igor Sergeev faoliyatini Eronda davom ettirishga yaqin turibdi.
Eronlik insayder Hatam Shiralizadehning so‘zlariga ko‘ra, Sergeev yakshanba, ya’ni 4 yanvar kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan keyin transfer rasman e’lon qilinadi.
Sergeev bilan 1.5 yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda. 18 oy uchun "Persepolis" Igorga 1,5 million AQSh dollari to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoada yana bir legionerimiz Oston O‘runov harakat qiladi. Shuningdek, Hojiakbar Alijonov ham forslarning asosiy maqsadiga aylangani haqida xabarlar bor.