Bugun 6 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Germaniya poytaxtida blekaut yuz berdi

Germaniya poytaxtida blekaut yuz berdi

O‘n minglab xonadonlar elektr ta’minotidan uzildi, deb xabar bermoqda Tagesspiegel.

Nashr xabariga ko‘ra, Lihterfelde elektr stansiyasida yuz bergan yong‘in oqibatida Berlinning janubi-g‘arbida keng ko‘lamli elektr uzilishi yuz berdi.

3 yanvarda 45 mingta uy va 2 mingta korxonada elektr ta’minoti va isitish tizimi to‘xtagan. Yakshanbaga kelib taxminan 10 mingta uy yana tarmoqqa ulandi. Shahar rasmiylarining kutilmalariga ko‘ra, ko‘pchilik abonentlarning elektr ta’minoti 8 yanvargacha to‘liq tiklanadi.

Elektr stansiyasidagi yong‘in uchun mas’uliyatini so‘l radikal anarxist Vulkangruppe guruhi zimmasiga oldi. Anarxistlar o‘z harakatlarini "muvaffaqiyatli diversiya" va "o‘zini himoya qilish hamda Yer va hayotni himoya qilayotgan barcha insonlar bilan xalqaro birdamlik harakati" deb atashgan.

Kiritildi: 21:25 04.01.2026. O'qildi: 1232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!