Bugun 5 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Operasiyada Venesuela prezidenti qo‘riqchilarining katta qismi halok bo‘lgan

Operasiyada Venesuela prezidenti qo‘riqchilarining katta qismi halok bo‘lgan

AQShning Nikolas Maduro va uning rafiqasini qo‘lga olish bo‘yicha o‘tkazgan operasiyasida Venesuela prezidenti qo‘riqchilarining katta qismi halok bo‘lgan.

Bu haqda Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes Reuters nashriga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh kuchlari o‘ta sovuqqonlik bilan harakat qilgan, natijada Maduroni kuzatib yurgan xavfsizlik xodimlari halok bo‘lgan. Vazir halok bo‘lgan qo‘riqchilar soniga aniqlik kiritmadi.

AQSh rasmiylari bu ma’lumotga izoh bermagan. Avvalroq Vashington Maduro va uning rafiqasini qo‘lga olish operasiyasi amerikalik harbiylar tomonidan yo‘qotishlarsiz o‘tkazilganini bildirgan edi.

Kiritildi: 23:57 04.01.2026. O'qildi: 2831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!