Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Oxirgi so‘z AQSh prezidentida": Eron bilan nizo yana kamida ikki hafta davom etadi

"Oxirgi so‘z AQSh prezidentida": Eron bilan nizo yana kamida ikki hafta davom etadi

AQSh va Isroilning Eron bilan harbiy nizosi yana kamida ikki hafta davom etadi va oyatullohlar rejimining ag‘darilishi bilan yakunlanishi dargumon. Bu haqda Isroilning "Ynet" nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr nizoning maqsadlaridan biri Erondagi rejimni ag‘darish bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Biroq, mutaxassislarning fikricha, rejim barqarorligini saqlab qolmoqda, Eronda hokimiyat ag‘darilishi bilan bog‘liq ssenariylar esa ehtimoldan yiroq ko‘rinmoqda.

"Operasiya boshida kuzatilgan eyforiya o‘rnini tushkunlik va pessimizm egalladi, chunki Eron rejimi hali ham barqaror ko‘rinmoqda", — deyiladi maqolada.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu allaqachon jamoatchilik fikrini Eron bilan urush oyatullohlar rejimining qulashi bilan tugamasligiga tayyorlamoqda. Shu bilan birga, maqolada qayd etilishicha, nizo yakunini AQSh prezidenti belgilashi kerak. Maqola mualliflari "oxirgi so‘z hali aytilmagan" degan xulosaga kelishdi.

Kiritildi: 23:37 10.03.2026. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!