Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Cobalt datchiki ko‘rsatgan haroratga ishonavermang” — iqlimshunos ogohlantirdi

“Cobalt datchiki ko‘rsatgan haroratga ishonavermang” — iqlimshunos ogohlantirdi

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovga ko‘ra, Cobalt avtomobillaridagi harorat datchiklari O‘zbekiston iqlimiga to‘liq moslashtirilmagan.

Yo‘riqnomada 40°Cdan yuqorida datchik ko‘rsatkichlari aniqsiz bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

2020 yilda ishlab chiqarilgan oq va qora Cobalt Urganchda bir joyda qo‘yilgan. Havo harorati 41°C bo‘lgan vaqtda:
➖ Oq Cobalt – 48°C
➖ Qora Cobalt – 56°C ko‘rsatgan.

Avtomobil rangi va quyosh ta’siri datchik ko‘rsatkichiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabab, datchiklarga to‘liq tayanish noto‘g‘ri.

Aniq harorat uchun meteorologik ma’lumotlarga tayanish tavsiya etiladi.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!