Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rostdan ham muzqaymoq tomoq og‘rig‘ini qoldiradimi?

Rostdan ham muzqaymoq tomoq og‘rig‘ini qoldiradimi?

Ko‘pchilik tomoq og‘riganda muzqaymoqdan tiyilish emas, aksincha, uni ko‘proq yeyish kerak, deb ishonishadi. Ammo, shifokorlarning aytishicha, tomoq og‘rig‘ini muzqaymoq bilan davolash mumkin emas, chunki tomoqdagi og‘riqlar viruslar va bakteriyalar sabab yuzaga keladi. Muzqaymoq mikroorganizmlarning faoliyatiga ta’sir qila olmaydi va ulardan qutulish uchun sizga dori-darmonlar kerak bo‘ladi.

Agar tomoqni chiniqtirish va immunitetini mustahkamlashni nazarda tutsangiz, bu uchun sovuq suv bilan chayqash afzalroqdir. Lekin shunda ham tomoq og‘rib turganida ushbu usul qo‘llanilmaydi.

Muzqaymoq yuqori kaloriyali shirinlik bo‘lib, tarkibida shakar juda ko‘p. Tomoq og‘riyotganida uni iste’mol qilish allergik reaksiyani keltirib chiqaradi. Yaxshisi, tomoq kasallanganida emas, sog‘lom paytingiz, me’yorga amal qilgan holda muzqaymoq yeng.

Kiritildi: 06:06 27.07.2025. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!