Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Otlar yordamida davolanish qanday kasalliklarga davo?

Otlar yordamida davolanish qanday kasalliklarga davo?

Hayvonlar yordamida noan’aviy usulda dorilarsiz davolash usuli bugun ancha rivojlanmoqda. Bir guruh biologlarning tekshiruvlari natijasiga ko‘ra, bu jonzotlarga ot, it, mushuk, asalari, ilon va delfinni kiritish mumkin ekan. Quyida otlar bilan davolashiga to‘xtalib o‘tamiz.

Ippoterapiya – otlar yordamida davolash. Bu usul harakat-tayanch apparatida muammosi bo‘lgan va aqliy-ruhiy buzilishlari mavjud bo‘lgan odamlarni davolash uchun qo‘llaniladi.

Ippoterapiya organizmning umumiy holatini yaxshilaydi, qon-tomirlar va muskullar gipertonusini bo‘shashtiradi. Nafas, yurak va harakat tizimi a’zolarining faoliyatini kuchaytiradi, tana holatini va koordinasiyasini balansirovka qiladi, harakat reflekslarini yaxshilaydi.

Otlar bilan muloqot, ularni nazorat qilish va yoki ot ustida yurish quyidagi bir qator kasalliklarni davolaydi.

* Qonda qand miqdorini tushiradi;

* Muskullar tonusini oshiradi;

* Skolioz – umurtqa qiyshayishi uchun foydali;

* Oshqozon-ichaklar faoliyatini yaxshilaydi;

* Nevroz va depressiyaning oldini oladi;

* Erta keksayishning oldini oladi;

* Alkogolik va narkomanlarni reabilitasiya qiladi.

Bolalar nevrologiyasi va psixiatriyasida ippoterapiya reabiliasion usul sifatida bir qator kasalliklarda keng qo‘llaniladi.  

* DSP (bolalar serebral paralichi);

* Aqliy zaiflik;

* Autizm;

* Muskullar tonusining ortishi;

* Bronxial astma va boshqalar.

Ippoterapiyaga qarshi ko‘rsatmalar ham mavjud bo‘lib, gemofiliya kasalligi, suyaklarning tug‘ma sinuvchanligi, buyrak patologiyalari va ayollarda homiladorlik davrida man qilingan.

Kiritildi: 11:52 25.08.2019. O'qildi: 6615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!