Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Otalikni anglash uchun sudning qora kursisida o‘tirish shartmi ?

Otalikni anglash uchun sudning qora kursisida o‘tirish shartmi ?

2019 yilning bahor oylari...
Fayzullayevlar (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) xonadonida dang‘illama to‘y. Kelin bo‘lmish allanechuk his-tuyg‘ular, bir olam shirin orzular og‘ushida qadam bosib kelmoqda.
Uni kelgusi yilda nimalar kutayotgani esa faqat yaratganga ayon.
Har bir erkak va ayol turmushga, yangi oila tuzishga qadam qo‘yar ekan, jufti bilan baxtli hayot kechirishni, jajji farzandlarini qo‘lidan tutib birga voyaga yetkazishni o‘ylasa kerak.
Mahmud va Dilobar ham oldiniga chiroyli turmush kechirishdi, biroq oradan ozmuncha vaqt o‘tmasdan oralarida kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Keti uzilmayotgan janjallaru, aytishuvlar, notinchlik ikkisining ham joniga tegdi.
Turmushtning mushtiga chidagan yashaydi, deb yoshi ulug‘lar bekorga aytishmagan. Dilobar ham tez taslim bo‘ldi va tez orada farzandli bo‘lishiga qaramasdan kelinlik uyini tark etdi.
Hammasi shundan so‘ng boshlandi.
2020 yilning martida o‘g‘lini dunyoga keltirdi va alam ustida erini aliment to‘lashi kerak endi deya, sudga berdi.
Farzand ta’minoti sabab da’vo qanoatlantirildi. Ish hujjati Byuroning Andijon tuman bo‘limi davlat ijrochisiga kelib tushdi.
Davlat ijrochisi Mahmudni ko‘p bora bolasining ta’minoti uchun aliment to‘lashi ziimasidagi majburiyati ekanini tushuntirishga urindi. Biroq, ayolidan ko‘ngli sovigan er bolasiga ham e’tibor qilmadi.
Lekin, nima bo‘lsa ham u norasida, u o‘z pushti kamaridan bo‘lgan zurriyodi. Ayoli bilan orasidan qanday “ola mushuk”lar o‘tmasin, farzandi oldida mas’ul va javobgar. Shuning uchun ham uning nomi OTA. Qilayotgan ishlari esa otalik nomiga nomunosib edi.
Shu sababdan, sudning qora kursisida 15 sutka o‘trib ham chiqdi, biroq kor qilmagan ko‘rinadi. Jazosini o‘tab chiqib ham bolasiga aliment to‘lamadi. Salkam 11 mln. so‘m aliment pullarini ololmasdan, o‘g‘lini bir o‘zi ham ona, ham ota bo‘lib boqayotgan Dilobar byuro xodimlariga murojaat qildi. Mahmudga tegishli hujjatlar sudga yuborildi. Endi ish Jinoyat kodeksidagi og‘irroq modda bilan malakalanayotgan edi. Chunki, qilmishi uzoqroq muddatga qamalish vajini keltirib chiqargandi.
Haa, erkin hayot hammaga yoqadi. Mahmud ham Byuro xodimlaridan tez orada ishi sudda ko‘rilishini eshitgach, o‘ziga keldi. O‘g‘li uchun 10 mln 600 ming so‘mni ayolining plastik raqamiga o‘tkazib berdi.
Biz bu bilan Dilobarni yoki Mahmudni haarkatlarini oqlamoqchi emasmiz. Xulosa o‘zingizdan.
Faqat, aytar so‘zimiz, oila rishtalarini bog‘ladikmi, ularni mustahkamlashga harakat qilaylik, birga bo‘lish uchun emas, birgalikda kurashaylik.

Oyistaxon Abduraxmanova,
Byuroning Andijon viloyat
boshqarmasi katta inspektori

Kiritildi: 19:17 29.05.2023. O'qildi: 1732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!