Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Otabek Umarov Xalqaro kurash assosiasiyasi prezidentligiga nomzod bo‘ldi

Otabek Umarov Xalqaro kurash assosiasiyasi prezidentligiga nomzod bo‘ldi

Bugun, 7 noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 70 ga yaqin davlatning mahoratli sportchilari ishtirokida kurash bo‘yicha XV jahon chempionati bellashuvlari boshlanadi.

Kecha mazkur jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan Xalqaro kurash assosiasiyasi (IKA)ning navbatdagi XXII kongressida O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilaridan iborat mamlakatimiz delegasiyasi ishtirok etdi.

Kongressda 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro kurash assosiasiyasi Prezidenti va boshqaruv qo‘mitasi a’zoligi uchun nomzodlar masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Ostona shahrida o‘tkazilgan anjuman davomida ishtirokchilarning taklif va tavsiyalari asosida xalqaro sport sohasidagi ko‘p yillik tajribasi, Osiyo sporti rivoji yo‘lidagi mehnatlaridan kelib chiqqan holda hamda kurashning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash maqsadida Otabek Umarov nomzodi IKA prezidentligiga ilgari surildi va bu tashabbus delegatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Keyingi saylovning aniq sanasi va o‘tkazilish joyi 2026 yil 19–22 dekabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan IKA boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishida belgilanishi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 11:14 07.11.2026. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik