Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Eron Rossiyadan zamonaviy S-400 tizimlarini sotib olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda

Eron Rossiyadan zamonaviy S-400 tizimlarini sotib olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda

Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Eron xavfsizlik xizmati rahbari Mohsen Rizoiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga oliy rahbar Mojtaba Xomanaiyning ushbu tizimlarni yetkazib berish iltimosi bilan shaxsiy maktubini topshirgan. Tehron shu tariqa AQSh va Isroil zarbalaridan keyin havo hujumidan mudofaani tiklashga umid qilmoqda.

Nashrda ta’kidlanganidek, Islom Respublikasida Vladimir Putin oxir-oqibat uzoq kutilgan S-400 komplekslarini yetkazib berishiga umid qilishmoqda. Shu bilan birga, gazeta Rossiya Ukrainadagi o‘z harbiy ehtiyojlari tufayli bunday yetkazib berishga istar-istamas rozi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operasiyani boshlagan edi. Mamlakatning eng yirik shaharlari, jumladan, poytaxt Tehron ham zarbalarga uchradi. Oq uy harbiy harakatlar boshlanishini Tehrondan kelayotgan raketa va yadroviy tahdidlarni bartaraf etish zarurati bilan izohladi.

Kiritildi: Bugun 11:35. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik