Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 6 noyabr kuni Chuy viloyatining Sokuluk tumani aholisi bilan uchrashuvda Qirg‘iziston prezidenti uning sharafiga she’r o‘qimoqchi bo‘lgan ayolni to‘xtatgan.
Nutqi davomida ayol avval o‘z iltimosini bildirgan, keyin davlat rahbariga bag‘ishlangan she’r o‘qish niyatini borligini aytgan. Biroq, prezident undan bunday qilmaslikni so‘ragan.
Prezident odamlar uni omma oldida maqtashlari uchun maxsus yig‘ilishlarga taklif qilinayotgani haqidagi taassurotni yaratishni istamasligini tushuntirdi.
"Hukumatni maqtamang. Bu bilan siz meni ham, o‘zingizni ham xafa qilasiz. Keyin boshqalar meni maqtash uchun “navbatchi” fuqarolarni to‘plaganimni aytishadi", — dedi Japarov.