Ayni paytda Hindistonda Osiyo Olimpiya kengashining 44 bosh Assambleyasi o‘tkazilmoqda. Uchrashuv doirasida tashkilotning rahbarlik lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Otabek Umarov O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron va Afg‘onistondan iborat Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha tashkilot vise-prezidenti etib saylandi.
Ma’lumot uchun Umarov Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha vise-prezident edi. Bu vaqtinchalik lavozim musobaqa yakunigacha amal qilsa, Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vise-prezidentlik doimiy xarakterga ega va endi hamyurtimiz butun qit’amizdagi 5 mintaqadan birida Olimpiya rivojiga mas’ul bo‘ladi.