Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Otabek Umarov nomidan sportchilarga feyk xabarlar yuborilmoqda

Otabek Umarov nomidan sportchilarga feyk xabarlar yuborilmoqda

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan bir qator taniqli sportchilar hamda sport hamjamiyati vakillariga xabarlar yuborilayotgani kabi holatlar uchramoqda.

Ushbu xabarlar feyk akkauntlar tomonidan tarqatilmoqda va bu firibgarlikka urinish hisoblanadi.

Shuni ma’lum qilamizki, o‘zbek sportiga oid barcha xabar va bayonotlar faqatgina O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining rasmiy axborot resurslari yoki federasiya hamda assosiasiyalar orqali e’lon qilinadi.

Olimpiya qo‘mitasi bunday xabarlarga ishonmaslik, ularga javob bermaslik, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik hamda shubhali akkauntlarni zudlik bilan bloklab, ularga nisbatan shikoyat yuborishni so‘ramoqda.

Kiritildi: Bugun 18:25. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!