O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi Otabek Shukurov Eron klubi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
"Eron saytlarida "Persepolis" Shukurovni nega olmagani ma’lum degan mazmundagi xabarlar chiqqandi. Rostini aytaman menga Eronning "Persepolis" va "Istiqlol" klublariga o‘tishni taklif qilishdi. Lekin men Eronga bormayman deb takliflarni rad etdim. Operasiya bo‘lishim ham yolg‘on.
Iltimos noto‘g‘ri xabarlarga ishonmang", - dedi Shukurov.