Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ota xorijga chiqishdagi taqiqni yechish uchun 231 million so‘m aliment to‘ladi

Ota xorijga chiqishdagi taqiqni yechish uchun 231 million so‘m aliment to‘ladi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatlariga asosan qarzdor N.G.dan sobiq turmush o‘rtoqlari undiruvchilar M.D va J.E.larning foydasiga tarbiyasidagi jami 3 nafar farzandning ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qorao‘zak tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi MIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 421-moddasiga asosan, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqish huquqiga nisbatan cheklov o‘rnatilgan.

Bu orada fuqaro N.G.ning Qozog‘istonga borish uchun yaxshi imkoniyati bo‘lgan, biroq ketish uchun unga taqiq borligi rejalarining amalga oshishiga to‘siq bo‘lib turgan.

Shunda u Byuroning Qorao‘zak tuman bo‘limiga kelib, chet elga chiqishga zarurati borligini bildirgan.

Bo‘lim davlat ijrochilari unga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari haqida tushuntirish bergan.

Qarzdor ota ushbu qaror talablariga asosan o‘zi tomonidan kelgusida to‘lanishi lozim bo‘lgan 5 yillik aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirib, hisoblab chiqilgan 132 million 95 ming so‘m aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i J.E.ning bank plastik kartasiga hamda 99 million 75 so‘mni yana bir sobiq xotini M.D.ning bank plastik kartasiga o‘tkazib bergan.

Kiritildi: 23:54 14.06.2024. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!