Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Ota-onasiz qolgan chaqaloq Vatanga qaytarildi

Ota-onasiz qolgan chaqaloq Vatanga qaytarildi

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir voyaga yetmagan qizcha Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bolalar ombudsmaniga Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.G. (ayol)ning murojaati kelib tushgan.

Murojaatda voyaga yetmagan nevarasi D.R. (2023 yilda tug‘ilgan)ning otasi vaqtincha hibsxonada, onasi esa migrasiya markazida saqlanayotgani sababli 2 yoshli farzandi Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgani, hozirda Nijniy Novgorod shahar bolalar shifoxonasida ekanligini bildirib, nevarasini O‘zbekistonga qaytarilishida amaliy ko‘mak so‘ragan.

Bolani O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilib, hujjatlar rasmiylashtirildi. Shuningdek, bolaning onasi ham O‘zbekistonga farzandi bilan qaytishi uchun choralar ko‘rildi.

Natijada 16 may kuni qizcha onasi hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi va buvisi bilan yashash manziliga yetkazildi.

Kiritildi: 09:52 18.05.2025. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!