Bugun 17 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Ota-onalar uchun maslahat: Qandli diabetga chalingan bolalar kun tartibi qanday bo‘lishi kerak?

A A A
Ota-onalar uchun maslahat: Qandli diabetga chalingan bolalar kun tartibi qanday bo‘lishi kerak?

— Farzandiga qandli diabet 1-tur tashxisi qo‘yilgan ota-onalar dastlab o‘g‘il-qizlarini har bir viloyatdagi endokrin dispanserlari qoshida faoliyat olib borayotgan maxsus diabet maktablariga jalb qilishlari shart., deydi bolalar endokrinologi, tibbiyot fanlari nomzodi Shahnoza Azimova,

Qolaversa bunday xastalikka chalingan kichik yoshli bemorlarning to‘g‘ri ovqatlanishi juda muhim.

Chunki iste’mol qilinadigan mahsulotning tarkibi va qanday tayyorlanganligi qondagi qand miqdori o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Bola yaxshi o‘sib-ulg‘ayishi uchun lozim bo‘lgan oqsil, yog‘, uglevod, vitamin va mikroelementlar kundalik rasionga kiritiladi.

Uglevodlarni iste’mol qilishda ularning glikemik indeksiga e’tibor qaratiladi.

Glikemik indeksi past bo‘lgan mahsulotlar (dukkaklilar, suli, sabzavotlar) qondagi qand miqdorini sekin ko‘taradi.

Diabet bilan og‘rigan bolalarga kun davomida 5-6 mahal, jumladan, 3 marta asosiy va oraliq vaqtda qo‘shimcha ovqatlanish tavsiya etiladi.

Parhezga rioya qilinganda qondagi qand miqdori keskin ortishi va qandning turli a’zo hamda to‘qimalarga nojo‘ya ta’siri oldi olinadi, qabul qilinayotgan insulin dozasini korreksiyalash oson bo‘ladi.

Shuning uchun bolalar va ularning ota-onalari iste’mol qilinayotgan uglevodlarni hisoblashni bilishlari lozim.

Jismoniy faollik ham organizmda qand o‘zlashtirilishini yaxshilash bilan birga, turli asoratlar rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi.

Bunday bolalarga ko‘pincha yengil atletika, gimnastika, suzish mashqlari tavsiya etiladi.

Kiritildi: 12:48 21.08.2022. O'qildi: 3446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!