Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladi

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladi

Joriy yilda ilk bor Ijtimoiy himoya milliy agentligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi hamkorligida yangi ijtimoiy loyiha yo‘lga qo‘yildi.

Loyiha doirasida mamlakat bo‘ylab 7–14 yoshli 1295 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola kasaba uyushmalari oromgohlarida 12 kunlik bepul dam oladi.

Yo‘llanma, safar va dam olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat hisobidan qoplanadi.

Hozirning o‘zida 1062 nafar bola oromgohlarga yuborilib, sog‘lomlashtirish tadbirlari boshlangan.

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!