- Ota, endi masjidga bormayman, u yerda g‘iybat, bema’ni qiliqlar qilishyotganiga, hatto namoz payti telefoniga tikilib turganlarga ko‘zim tushyapti.
- Qat’iy qarorga kelishingdan avval mana shu kosadagi to‘la suvni olib masjidni ikki bor aylanib chiq, bir tomchi suv to‘kilmasin.
****
- Xo‘sh, masjidda nimalar bo‘lyapti ekan?
- Hech narsa ko‘rmadim, butun diqqatim kosadagi suvda edi.
- Namozga chiqqaningda ham bor diqqat-e’tiboring Ollohda bo‘lganda boshqa narsani ko‘rmasding, masjiddan oladigan manfaating ham shu o‘zi.
Suyarqul Ostonaqul