Sa’d ibn Abi Vaqqos roziyollohu anhu sahobalar ichida kamonni eng yaxshi otadigan merganlardan edi. Uhud g‘azoti kunida Rasululloh sallollohu alayhi va sallam mushriklardan bir kishini musulmonlarni tang holga solayotganini ko‘rib qoldilar. Shunda o‘qdonlaridan bir o‘q olib Sa’dga berib dedilar:
"Ot! Ota onam senga fido bo‘lsin!".
Sa’d roziyollohu anhu o‘qni olib kamonga joylab otdi. O‘q mushrikning yuragiga yaqin joyiga tegib o‘ldi. Allohning Rasuli buni ko‘rib kuldilar, hatto oziq tishlari ko‘rinib ketdi.
Nabiy alayhissalom bizga sabablarni qattiq tutishni o‘rgatayaptilar. Uhud kunida bitta emas, ikkita sovut kiydilar. Aslida bu sovutlar Alloh o‘sha kunda o‘lishni istasa hech qanday foydasi yo‘qligiga eng ishonchi komil inson edilar. Lekin u zot sabablarni qattiq tutar edilar. Go‘yo hamma narsa shu edi.
E’timodni esa go‘yo sabablar hech narsa emasdek Allohga qilar edilar.
Allohning Elchisi o‘qdonlaridan o‘qni olib Sa’d roziyollohu anhuga berganlariga boq. O‘sha kuni Payg‘ambarimiz chodirda o‘tirmadilar. Jangni o‘rtasida edilar. Bu barcha qo‘mondonlarga, shirkat boshliqlariga darsdir. Ularni Rasululloh sallollohu alayhi va sallam pastga tushib ishni yaqinroqdan kuzatishga da’vat qilmoqdalar.
Vazir o‘zining yordamchilari keltirgan xabar bilan insonlar ahvolini bila olmaydi. U insonlarga yaqinroq borib, ular bilan uchrashishi, suhbat qilishi, ularni o‘zi tinglashi lozim.
Ota ham yog‘och kreslodan tushib zavjasiga oshxonada yordam berishi, o‘g‘lining vazifasiga qarashib yuborishi, qiziga qissa aytib berishi, go‘daklariga qur’ondan o‘rgatishi lozim. Ota faqat mol yig‘ib beradigan kishi emas. Bolalar maskan va nondan boshqa ko‘p narsalarga muhtoj. Tarbiya bilan boqishning o‘rtasida katta farq bor.
Boshqa bir dunyoviy dars. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam o‘qni Sa’d roziyallohu anhuning mergan ekanligini bilib berganlar. Hatto jang qizib turganida ham Rasululloh sallollohu alayhi va sallam kimni qayerda qo‘yishni yaxshi bilganlar. O‘qni Sa’d roziyallohu anhuga, qo‘shinni boshqarishni sahobalar ichida urush sirlarini eng yaxshi bilgan Hamza roziyallohu anhuga topshirdilar.
Bu ummat munosib odamni munosib ishga qo‘ymas ekan, buyukligini qaytarib ola olmaydi. Buni biz Sardobadagi ochilib ketgan to‘g‘on hodisasida ham ko‘rdik.
Insonlarni shijoatlantirish va undash ulardagi afzallikni yuzaga chivara oladi. Aksincha, doimiy tanqid va doimiy malomat ulardagi mahoratni o‘ldiradi, iste’dodni so‘ndiradi, ularni umidsiz va g‘ayratsiz qilib qo‘yadi.
"Ot! Ona-onam senga fido bo‘lsin!".
Bu gapni arablar ruhlantirish, shijoatlantirish, qiziqtirish uchun aytishadi. Insonlarni shijoatlantiring! Ular sizga o‘zlaridagi bor narsani berishadi...
Manba: azon.uz