Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ostonada yoqqan qor sabab 1 kunda 100 dan ortiq YTH sodir bo‘ldi

Ostonada yoqqan qor sabab 1 kunda 100 dan ortiq YTH sodir bo‘ldi

Qozog‘istonning Ostonda shahrida 12 oktyabr kuni yog‘gan qor ortidan bir sutkada 118 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxt yo‘llaridagi YTH oqibatida 12 kishi jarohatlangan. Polisiya departamenti haydovchi va piyodalarni ob-havo sharoiti yomonlashganda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

“Kazgidromet” prognoziga ko‘ra, siklon va u bilan bog‘liq frontal bo‘limlar Qozog‘iston hududining katta qismiga o‘z ta’sirini saqlab qoladi. Janub va janubi-sharqda 13 oktyabr kuni momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Shimoliy hududlarda qor yog‘ishi, bo‘ron kuzatilishi va yer muzlashi kutilmoqda. Mamlakatning g‘arbida, aksincha, quruq ob-havoni saqlanib qoladi.

Qozog‘iston bo‘ylab shamol kuchayishi, kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda. Qizilo‘rda viloyatining shimoliy tumanlarida harorat bir darajagacha tushishi prognoz qilingan.

  • Ostonada yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechasi 6-8 daraja, kunduzi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi.
  • Olmaotada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, harorat kechasi 8-10 daraja, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
  • Chimkentda yomg‘ir yog‘adi, harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Kiritildi: 11:40 13.10.2024. O'qildi: 1645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!