Bugun 27 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ostonada san’at muzeyining tantanali ochilishi va usta hunarmandlar tomonidan yasalgan turkiy musiqiy asboblar ko‘rgazmasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Ostonada san’at muzeyining tantanali ochilishi va usta hunarmandlar tomonidan yasalgan turkiy musiqiy asboblar ko‘rgazmasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2025 yil 25 noyabr kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida “World Music” (“Әlem Әuyenі”) Xalqaro san’at festivali doirasida San’at muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Astana shahri Akkimati hamda Turkiy madaniyat va meros fondi hamkorligida tashkil etildi.

Marosim davomida turkiy xalqlarning boy musiqiy va badiiy merosini aks ettiruvchi eksponatlar, interaktiv zonalar hamda nodir to‘plamlar ilk bor jamoatchilikka namoyish etildi.

Ochilish doirasida dunyoga mashhur ustalar tomonidan yaratilgan musiqiy asboblarning tantanali topshirish marosimi ham o‘tkazildi. Asrlar davomida shakllangan an’analar va zamonaviy mahorat uyg‘unligida yaratilgan ushbu asboblar turkiy musiqiy madaniyatning boyligi va rang-barangligini yuksak darajada namoyish etuvchi san’at asarlari sifatida e’tirof etildi.

Tadbir “Turkiy musiqiy asboblar ko‘rgazmasi”ning ochilishi bilan davom etdi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan eksponatlar turkiy xalqlar musiqiy asboblarining yaratilishiga oid tarixiy, etnografik va estetik ma’lumotlar bilan boyitildi. Bu esa tashrif buyuruvchilarga mazkur madaniy meros haqida ilmiy hamda vizual tasavvur olish imkonini berdi.

Kun dasturidan turkiy dunyoning yetuk ustalari tomonidan o‘tkazilgan mahorat darslari ham o‘rin oldi. Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirokchilar asbob yasaish sirlaridan tortib, ijrochilik xususiyatlari va an’anaviy texnikalarni saqlash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Tadbir Turkiy madaniyat va meros fondining turkiy musiqiy merosni asrash va targ‘ib qilish borasidagi sa’y-harakatlariga yana bir muhim hissa bo‘lib qo‘shildi hamda hamkor tashkilotlar bilan samarali hamkorlikning yorqin ifodasi sifatida baholandi.

Kiritildi: 19:59 26.11.2025. O'qildi: 325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!